Amazon eng yirik onlayn-riteyleri shaxsiy videoservisni ishga tushirgani haqida ma’lum qildi. YouTube'ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi Video Direct foydalanuvchilari - saytga video yuklashi va reklama namoyishi hamda lisenzion ajratmalar orqali pul ishlashi mumkin. Videoxosting Amazon akkauntining barcha egalari uchun ochiq. Istalgan rolikni obuna kanali yoki pulli Prime servisi obunachilari uchungina ochiq bo‘lgan kanal orqali bepul ko‘rish, ijaraga olish mumkin. Xuddi Google kabi Amazon ham reklama namoyishidan 45-50 foiz daromadni o‘zida qoldiradi, qolganini esa video mualliflariga o‘tkazadi. Kompaniya aynan bepul video orqali yangi mijozlarni jalb qilishga harakat qiladi. Video Direct tomoshabinlariga u Prime servisiga obuna rasmiylashtirish (yiliga 99 dollar uchun), musiqa, film va boshqa kontentni sotib olish, shuningdek internet-do‘konlardan mahsulot buyurtma qilishni taklif etishi mumkin. Video Direct video mavzusiga hech qanday cheklovlar qo‘ymaydi - asosiysi, kontent qiziqarli bo‘lishi hamda foydalanuvchining videotasmani namoyish qilishga huquqi borligi. Shunday bo‘lsada, Amazon o‘zi noloyiq deb topgan videoni o‘chirish huquqiga ega. Haqoratomuz leksika yoki pornografiyaga ega videotasma avtomatik tarzda bloklanadi. Video Direct'ga o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi Mattel, Condé Nast Entertainment mediakonglomerati va Mashable sayti o‘zining ilk roliklarni yukladi. Videoxostingga Amazon mobil ilovasi, Roku telepristavkasi, shuningdek veb-interfeys orqali kirish mumkin.