Indianada yashovchi oilaviy juftlik Amazon internet-do‘konni 1,2 million dollarga aldaganini tan oldi. Bu haqda The Star Press nashri xabar berdi.
Erin va Liya Finan bu ishda buzilgan mahsulotni qaytarish yo‘lidan foydalandi. Amazon qoidalariga ko‘ra, nuqsoni bor yoki singan xaridni almashtirish uchun qaytarish shart emas. Ular yuzlab soxta akkaunt ro‘yxatdan o‘tkazib, ular orqali elektronika buyurtma qilaverishdi, gadjetni qo‘lga kiritgach esa mahsulotni almashtirib berishni talab qildi.
Shu yo‘l bilan ikkinchi smartfon, kamera yoki boshqa uskunani qo‘lga kiritib, ular nuqsonli mahsulotni qaytarishga shoshilishmadi. Internet-do‘kon vakillari ham ulardan buni talab qilishmadi.
Qo‘lga kiritilgan elektronikani ular dallollar orqali bozordan past narxga sotaverib, bu yo‘l bilan 1,2 million dollar ishlab olishdi.
Endi Erina va Liya Finanga 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.