“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining hududiy rahbari 200 AQSh dollari uchun qora kursiga o‘tirdi.
Ruhafzo (ismi o‘zgartirilgan) san’atga kirib kelganiga hali uncha bo‘lgani yo‘q. Hali u darajada tanilib ulgurmagan bo‘lsa-da, har qalay, qo‘shiqlari ahyon-ahyonda radio va telekanallarda aylanib turibdi. Katta-kichik tadbirlarda ham ko‘rinish berdi. Bu yoqda to‘y-hasham, xalq xizmatlari degandek...
— Yaxshimisiz? Bir chiroyli singlimizga lisenziya kerak bo‘p qoldi. Faqat tezroq. Shuni nima qildik? Ha endi... xarajatsiz ish bitarmidi? Kelishtirib aytasiz-da!.. Tushunarli, bo‘pti. — Zokirov go‘shakni qo‘yib, yana xonandaga tikildi. — Lisenziya bo‘limi bilan gaplashdim. O‘zi bunaqa ishlarning “stavka”si balandroq. Sizga “ustupka” qilyapmiz. Xullas, ikkita qog‘oz bilan ishingiz bitdi hisob.
Ruhafzo kuppa-kunduz kuni undan pora talab qilayotgan amaldorga qarab ich-ichidan nafrati to‘lib toshsa-da, sir boy bermadi.
— Shu xolosmi? — dedi sipolik bilan.
— Agar ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, birorta ziyofatga ham yo‘q demaymiz, — ayyorona jilmaydi Zokirov...
Voqeaning to‘liq tafsilotining “Darakchi” gazetasining 9 iyul kuni sotuvga chiqadigan 28-sonida o‘qishingiz mumkin.
O‘tkazib yubormang!