Alisher Usmonovning biznesi va milliardlari kimga qoladi?
Avvalroq, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Forbes” jurnaliga intervyu bergani haqida xabar bergan edik. O‘zi intervyusida Usmonov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.
“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligi 12,5 millard AQSh dollariga teng. U boyligini kimga meros qoldiradi?
Usmonov intervyusida biznesini jiyanlaridan biriga emas, aksionerlar guruhiga qoldirishi mumkinligini qayd etgan.
“Biznes qilishni bilmaydigan bolalarga uni topshirishning nima keragi bor. Ular dividend olib turishi mumkin. Biznesdan kelgan pullarni meros qoldirishim mumkin. Ammo biznesning o‘zini, kimga qolirishni uzoq o‘ylashim kerak”, degan Usmonov.
Usmonov keyingi avlod biznesni saqlab qololmaydi va vojiaga sabab bo‘ladi deb hisoblaydi.