Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov "Milan"ni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq klubning xitoylik egasi Li Yunxun jamoani sotishni o‘ylayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Agarda xitoylik investor 303 mln yevro qarzini to‘lamasa, "Milan"ning yangi egasi "Elliot Menejment" bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov "Arsenal"ning 29,25 foiz aksiyalari egasi hisoblanadi. U "Sevilya"ni sotib olishni ham o‘ylamoqda.