Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimidagi muddati tugaganidan so‘ng, uni “kichik vatani” (O‘zbekiston)ga chaqirishmasa, Rossiya soliq rezidenti maqomini qaytarib olishni rejalashtirmoqda.
“Mamlakat 25 yil davomida mustaqillik yo‘li bo‘ylab rivojlanib bordi, uni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti boshqardi. Endi esa ulkan boshqaruv va davlat tajribasiga ega odam saylandi. Mening fikrimcha, u har qanday muammolarni yecha oladi. Men o‘zbek ekanligimdan faxrlanishimni ko‘p bora aytganman. Bu mening ona yerim ekanligidan faxrlanaman. O‘zbekiston uchun, rahbariyat uchun foydali bo‘lgan barcha narsani qilishga tayyorman. Doim va har qanday daqiqada. O‘zbekistonga, uning xalqiga va prezidentiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, — dedi biznesmen.
O‘zbekistonda investitsiyalarni oshirish rejalari haqida berilgan savolga javoban: “Taklif qilingan joyga borish yaxshi. Men, boshqa investorlardan farqli ravishda, doim meni chaqirgan joyga boraman. Ungacha esa mendan so‘rashgan narsa bilan yordam beraman. Albatta rejalashtiryapman. Albatta xohlayman. Kamida u yerda xayriya jamg‘armasi ochib, Moskvada qilayotgan loyihalarimni u yerda ham amalga oshirmoqchiman. Buni albatta qilishga urinaman. Buning uchun ruxsat olaman”, — dedi.
“Iqtisodiyotga investitsiya kiritishni rejalashtiryapsizmi?” — degan savolga esa Alisher Usmonov: “Iqtisodiyotga investitsiya kiritish esa alohida mavzu, alohida ish, alohida hisob-kitob. Men doim tayyorman”, — deya javob berdi.