Alisher Usmonov bilan bog‘liq kompaniyalar “Kapitalbank”ning asosiy egalariga aylandi
8-fevraldan boshlab Rossiyaning “Telekominvest” kompaniyasi va Finance TCI korxonasi “Kapitalbank”ning 61,5 foiziga egalik qilishni boshladi.
“Toshkent” fond birjasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kompaniyalarga endi bankning 263,8 mln aksiyalari tegishlidir.
Finance TCI Alisher Usmonovning USM xolding sho‘ba korxonasi bo‘lmish “Telekominvest” bilan affirlangan (bog‘langan). 2021-yilning noyabr oyi oxirlarida “Telekominvest” bankning 215 mlrd so‘mlik qo‘shimcha aksiyalarini sotib olib aksiyadorlardan biriga aylangan edi.
Bankning asosiy egasi avval Oybek Tursunov bo‘lgan, ammo u yanvar oyining o‘rtalarida affirlangan shaxslar qatoridan chiqib ketdi.