Aktyor Javohir Zokirov: Men dadamdek hammani seva olmayman
Aktyor Javohir Zokirov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirovni xotirladi.
“Dadam juda olijanob, barchaga yordam beradigan inson bo‘lgan. Men dadamdek hammani seva olmayman. Qolaversa, otamningsabr-matonati ham havas qilgudek darajada edi. O‘ylab qarasam, dadamning ko‘p jihatlari menga o‘tmagan, aniqrog‘i, o‘zim olmaganman”, — dedi Javohir Zokirov.
“Dadamning mazali palovini hamon sog‘inaman. Qolaversa, teatrda yangi sahnalashtirilayotgan obrazlaridan parchalar qo‘yib, mendan fikr so‘rardi. Shunchalik mahoratli aktyor bo‘lib, menda doim o‘zgacha va yoqimli taassurot qoldirardi. Dadajonimning oxirati obod bo‘lsin”, — deya qo‘shimcha qildi Javohir Zokirov.