Javohir Zokirov: “Bolalar” guruhining konsertiga kela olmaganimdan yig‘laganman
Aktyor Javohir Zokirov bugungi kun o‘zbek kinosi va o‘zining estrada sohasidagi ijodi xususida “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida fikr yuritdi.
Ma’lumki, Javohir Zokirov afsonaviy “Bolalar” guruhi asoschilaridan biri hisoblanadi. Jurnalistning aktyor “Bolalar” guruhi tarkibiga qaytishi mumkinligi haqida savolga u quyidagicha javob berdi:
—“Bolalar” guruhi va Tohir Sodiqov bugun qanday yutuqqa erishgan bo‘lsa, faqat o‘zining iste’dodi va mehnati orqali erishdi. O‘tmishga boqib, hayotimni qaytadan boshlashni xohlamayman. “Bolalar” guruhining ilk yakkaxon konsertida Rossiyadagi oliygohda talaba bo‘lganim uchun kela olmaganman va o‘shanda yig‘laganman. O‘shandayoq men guruhdan ketganman. Yakkaxon xonanda sifatida kuylash menga qulay.