Afg‘onistonda terrorchilar bilan aloqalarda gumonlanib 200 kishi qo‘lga olindi
Afg‘onistonda terrorchi guruhlar bilan aloqadorlikda gumon qilingan qariyb 200 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda, Pajhwok agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hibsga olishlar Kapisa va Parvon viloyatlarida amalga oshirildi.
Jumladan, xavfsizlik xodimlari Parvon viloyatining Salang tumanida 150 kishini hibsga oldi. Bu shaxslarning bari ish qidirib mamlakat shimoliga ketayotgan edi.
Yana 40 kishi Kapisa viloyatining Gulbahor tumanida qo‘lga olindi. Ular ham shimolga ketayotgan paytda avtobus ichida tutildi.
Qo‘lga olinganlarning barchasi so‘roq uchun Milliy xavfsizlik direktoratiga yuborildi.