4-dekabr Prezident saylovi kunlari ba’zi xususiy taksi kompaniyalari ham tekinga xizmat ko‘rsatishlarini ma’lum qilmoqdalar. Bu haqida feysbukdagi e’lonlarga asoslangan holda upl.uz habar bermoqda. Xabarda aytilishicha taksini chaqirish uchun unga telegram orqali buyurtma berish lozim. Tekin taksilar yo‘lovchilarni saylov usatkalariga eltadilar. Boshqa yo‘nalish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatiladi. Internet foydalanuvchilari taksi haqiqatan ham tekinga xizmat ko‘rsatishini sinash uchun avvaldan telegram orqali buyurtma berganlari va ularning buyurtmalari qabul qilingani haqida ham ma’lumot berganlar