Munisa Rizayeva: Biroz tobim yo‘qligiga qaramay, saylov uchastkasiga bordim
Xonanda Munisa Rizayeva “Darakchi.uz” bilan suhbatda bo‘lib, O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayoni haqidagi firklari bilan o‘rtoqlashdi.
Bugun yurtdoshlarimizning kayfiyati a’lo darajada. O‘zbekistonda saylovlarning bunday ko‘tarinki ruhda o‘tayotganini birinchi marta ko‘rishim. Har bir inson o‘zining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda Prezident saylovida ishtirok etish kerak deb o‘ylayman. Men ham biroz tobim yo‘qligiga qaramay, 85-saylov uchastkasiga bordim.
Bu saylov uchastkasida musiqa yangrab turibdi. Menga u yerda saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar judayam yoqdi. Hali ovoz berishga ulgurmaganlarga esa Vatan taqdiriga befarq bo‘lmang va saylovda faol ishtirok eting, deyman!”, – dedi Munisa Rizayeva.