23 soniyada suratga olingan klip internetda xit bo`ldi
Amerikada faoliyat yurituvchi OK Go guruhining yangi klipi internetda bir necha soniyalar ichida xit darajasiga ko`tarildi. YouTube`ga joylangan “The One Moment” deb nomlangan klip qisqa fursat ichida sakkiz million marta tomosha qilindi.
Klipning o`ziga xos jihati shundaki, uning asosiy qismi to`rt soniyada suratga olingan. Musiqachilarning so`zlariga ko`ra, mana shu vaqt ichida ekranda 318 ta hodisa yuz beradi: 128 ta sharning suvda portlashi, 23 ta bo`yoq bankasining portlashi, 54 ta rangli tuz solingan yacheykaning portlashi va boshqalar shular jumlasidan. Har bir hodisa pasaytirilgan tezlik bilan namoyon bo`ladi va qo`shiq bilan uyg`unlashadi.