Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qirolicha - Soundterck
. Klon-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Pazanda - Sad Love
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Choli Qushi-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

2017-yilda O‘zbekistonda narx va tariflardagi o‘zgarishlar — bitta suratda


2017-yil davomida narxlar, tariflar, oyliklar, soliqlar va turli to‘lovlardagi eng muhim o‘zgarishlarni quyidagi suratda ko‘rish, o‘zgarishlar tafsiloti bilan surat ostidagi sharhda tanishish mumkin.

2017-yil davomida buxanka non narxi va Toshkent shahridagi jamoat transporti (avtobus, metro) uchun to‘lovlarda o‘zgarish kuzatilmadi. Buxanka non 2014-yilda (650 so‘m), jamoat transporti 2016-yilda (1200 so‘m) belgilangan narxlarini saqlab qoldi.

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 28-iyundan yillik 9 foizdan 14 foizgacha ko‘tardi.

Gaz va elektr energiyasi, issiq va sovuq suv uchun tariflar iyul oyida 5—7 foizga oshdi.

1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshdi. Ayni vaqtda eng kam ish haqiga bog‘langan barcha to‘lovlar, jumladan, yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar miqdori ham 1-dekabrdan 15 foizga oshdi.

GM Uzbekistan 1-iyundan o‘zi ishlab chiqargan mashinalarni faqat so‘mda sotishga o‘tdi. Ammo avtomobillar narxi dollarga bog‘langani sabab, ularning narxi har hafta — dollarning rasmiy kursi oshishi munosabati bilan, 4-sentabrga qadar muntazam o‘sdi. 5-sentabrdan GM Uzbekistan o‘z mashinalarni narxini to‘liq so‘mda belgiladi va shundan buyon narxlarda o‘zgarish kuzatilmadi. Davlat statistika qo‘mitasi yengil avtomobillar narxi yil davomida 50,2 foizga o‘sganini ma’lum qildi.

Aloqa kompaniyalari to‘lovlari dollar kursiga “bog‘langani” munosabati bilan, 1-yanvardan 4-sentabrga qadar dollar 3231,48 so‘mdan 4210,35 so‘mga oshgani sabab, to‘lovlar summasi ham oshib bordi. 5-sentabrdan boshlab esa to‘lovlarda o‘zgarish bo‘lmadi.

AQSh dollari kursi yil boshidan sentabrgacha 30 foizga o‘sgan bo‘lsa, 5-sentabr kuni uning kursi 4210,35 so‘mdan birdaniga 8100 so‘mga oshdi. 2017-yilning eng oxirgi dushanbasida esa dollar kursi 8120,07 so‘mga yetdi va yillik o‘sish 151 foizni tashkil etdi.



Manba:daryo.uz
Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 5610 | Рейтинг: 0| Рейтинг: narxlar, 2017-yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное