Go‘sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18 oktyabrdagi “Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan chorvachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga davlat resurslaridan bug‘doy ajratish tartibi o‘rnatildi.
Qarorda chorvachilik va baliqchilik xo‘jaliklarining oziq-ovqat bazasini mustahkamlash bo‘yicha tizim yaratilib, ularga birja savdolari orqali, xaridorlar reestr bo‘yicha davlat zaxirasidagi bug‘doylarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Biroq ushbu xo‘jaliklar o‘z mahsulotlarini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga qo‘yilgan narxlarni nazorat va monitoring qilish Respublika komissiyasi tasdiqlagan narxda sotish majburiyatini oladilar.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingdan ortiq baliqchilik xo‘jaliklari faoliyat yuritadi. 2017 yilda ular tomonidan 2 mln 319 ming tonna go‘sht va 60 ming tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan.