Taksilarda Yo‘lovchilarni tashishda Yo‘lkira haqining Cheklangan Narxi belgilandi
Toshkent shahar hokimi “Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilarni tashishda yo‘lkira haqining cheklangan narxi bosib o‘tilgan 1 km masofa uchun quyidagicha belgilansin:
“Ekonom klass” toifasidagi (“Matiz”, “Spark”, “Neksiya” rusumli) avtomobillari uchun – 600 (olti yuz) so‘m;
“Biznes klass” toifasidagi (“Kobalt”, “Lasetti”, “Epika” rusumli) avtomobillari uchun – 900 (to‘qqiz yuz) so‘m;
Jumladan yo‘lovchilarga yo‘l haqini to‘lashda qulayliklar yaratish maqsadida yo‘nalishli taksilarda yo‘lkira haqlari miqdori 100 (yuz) so‘mgacha yaxlitlashtiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar beradi.
Shuningdek jamoat transportidan foydalanishda quyidagi tariflar belgilangan:
Shahar yo‘lovchi tashish transporti – avtobus, tramvay va metroda yurish uchun cheklangan tariflar:
Bir yo‘lovchi uchun – 1200 (bir ming ikki yuz) so‘m;
Bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 2400 (ikki ming to‘rt yuz) so‘m;
Er usti transporti – avtobus va tramvayda yurish uchun oylik yo‘l chiptalarining narxlari:
“A” seriyasidagi umumiy oylik yo‘l chiptasi - 120000 so‘m;
“N” seriyasidagi nafaqadorlar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
“T” seriyasidagi talabalar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
“O`” seriyasidagi o‘quvchilar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
“AVTOBUS” seriyasidagi oylik yo‘l chiptasi – 96000 so‘m;
Shuningdek, yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida bitta yo‘lovchini 1 km masofaga tashish uchun cheklangan tarif qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan qo‘shib hisoblaganda – 130 (bir yuz o‘ttiz) so‘m, yo‘nalishli taksilarning masofasi 11,5 km dan kam bo‘lgan yo‘nalishlarda yo‘lkira haqining eng kam miqdori – 1500 (bir ming besh yuz) so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda;