Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 sentyabrdan o‘zbekistonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?

 

O‘zbekistonda ertaga, 1 sentyabrdan jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan qonunchilik hujjatlari kuchga kiradi. Quyida ertadan kuchga kiradigan o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Fuqarolarga ichki turizm uchun keshbek to‘lanadi

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida "Sayohat qil va keshbek ishla" shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.

Oilaviy bog‘cha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi.

•  byudjetdan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida avtomatik hisoblab chiqiladi;
•  xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;
•  hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oylik davomati ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilarga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun byudjetdan ish haqi to‘lanmaydi.

Oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

•  byudjetdan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
•  ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi;

Avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi. 

Fuqarolar va yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar o‘rtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi. 

Quyidagi nodavlat tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi:

•  tijorat banklari;
•  telekommunikatsiya tashkilotlari;
•  xususiy tibbiyot muassasalari;
•  nodavlat ta’lim tashkilotlari;
•  sug‘urta tashkilotlari.

Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha minimal iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanadi. Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha bo‘lgan tanaffuslar mavjud bo‘lsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi.

Jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.

Avtomobilning egasi yoki davlat raqami o‘zgarganda “tonirovka” ruxsatnomasi amal qilishda davom etadi

Prezident qaroriga asosan oynalar tusini o‘zgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati avtomatik tarzda saqlab qolinadi.

Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy-moddiy yordam paketi beriladi

Prezident qaroriga binoan:

ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan birinchi navbatda tuman (shahar) byudjetlari mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n baravari miqdorida beriladi;
idoralararo komissiyalar ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalarini o‘rganib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarni tayyorlashga mas’ul hisoblanadi.
“Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartib-taomillari Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi

Prezident qaroriga asosan shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi.

Bunda:

yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlarga o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi;
yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga o‘ziga biriktirilgan aholiga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali beriladi;
yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022 yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etiladi.

Byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi.

Yetim bolalarni oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olish tuman (shahar) hokimining qarori asosida amalga oshiriladi

Prezident qarori bilan oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimining qarori asosida tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin ko‘pi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning o‘z farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak.

Oilaviy bolalar uylari tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan fuqarolar tomonidan tashkil qilishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, qarorda oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga har bir tarbiyalanuvchining yashash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan tegishli miqdorda har oylik mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.

Yetim bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi

Prezident qaroriga binoan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligini «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 15 avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi tartibi o‘rnatilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1060 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 1 sentyabrdan, O‘zbekistonliklar, o‘zgaradi, nimalar, hayotida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное