UMUMIY TA’RIF
2019 yili umumiy ahvolingiz me’yorida bo‘ladi. Puldan u qadar qiynalmaysiz. Ayniqsa, ijod kishilarining kayfiyati yil davomida yuqori cho‘qqilarda bo‘lishi kutiladi. Faqat qarindosh-urug‘lar bilan yil bo‘yi kelishmovchiliklarga barham bera olmay qiynalishingiz mumkin.
Yoz oylarida boshqalar kabi dam olish soatlaringiz mo‘l bo‘ladi. Agar tabassum, jilmayishlarni hadeganda haydab solavermasangiz, har bir kuningiz garmoniya qurshovida bo‘lishi tayin. Asabiylik sizga foyda bermaydi. Shu jumladan, sportning jarohat yetkazishi mumkin bo‘lgan turlari bilan shug‘ullanishingiz ham tavsiya etilmaydi.
Jamoat joylariga kamroq boring. Qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan tashqarida ishqiy sarguzashtlarga berilmang. Bu jamiyatdagi obro‘yingizga putur yetkazibgina qolmay, salomatligingizga ham rahna soladi.
MUHABBATI
2019 yil, ya’ni, To‘ng‘iz yilida oila qurmaganlarning oshiq va ma’shuqalari ko‘p bo‘ladi. Hatto, ular orasidan qay birini tanlashga ham hayron bo‘lishingiz mumkin. Bunday lahzalarda qalbingizga quloq tutmang. Tafakkurga bo‘ysuning. U sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.
Biling, to‘ng‘iz yengiltabiatlilikni sira xush ko‘rmaydi. Shuni hisobga oling. Tashqi ko‘rinishingizga alohida e’tibor bering. Ba’zilar nikohga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Unda bu amalga alohida tayyorgarlik ko‘ring.
OILASI
Oilaviy ahvolingiz ro‘zg‘or tashvishlari hamda moliyaviy muammolarga qanday munosabatda bo‘lishingiz bilan bog‘liq. Qancha tirishqoqlik bilan yashash uchun kurashsangiz, oilangiz shuncha mustahkam bo‘ladi. Juftingiz va yaqin qarindoshlarga e’tiborli bo‘ling.
Ko‘pchilik do‘stlarimiz 2019 yili uyda kapital ta’mir amallarini ado etishlari mumkin. Ayrimlar esa yangi uy sotib olish harakatida bo‘lishadi. Yaqin insonlardan pulni ayamang. Sovg‘alar xarid qilishdan tiyilmang.
Ba’zilar xonadonida yilning ikkinchi yarmida chaqaloq dunyoga kelishi kutiladi. Shunday ekan, hozirligingizni ko‘rib qo‘yavering. Qolaversa, 2019 yil oilalilar uchun kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ladi.
MOLIYaVIY AHVOLI
Yil boshidayoq omad va boylik siz tomon yuzlanaverishini hasadgo‘ylar sira hazm qila olishmaydi. Shuning uchun yil boshidayoq bunday g‘araz va hasadga qarshi kurash choralarini ko‘ring. Nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tuting. Moliyaviy masaladagi sirlarni birovlarga aslo gullamang. Pul topishda, mo‘may daromad ko‘rishda esa aql zarur. U sizda bor. Faqat joyida ishlata bilsangiz bas, mo‘may daromad sizniki.
Tadbirkor bo‘lsangiz, tavakkalchilik bilan bog‘liq ishlar uchun pul tikmang. 2019 yil tavakkalchilikni yoqtirmaydi. Xayriya amallariga ko‘proq e’tibor qarating. Pullaringizni yil davomida joyiga ishlating. Keraksiz xaridlarga zeb bermang.
SALOMATLIGI
To‘ng‘iz yilida ovqatlanish rasioningiz va rejimga amal qiling. Tunlari og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan tiyiling. Sabzavotlar, mevalar, bo‘tqalarni ko‘proq yeng.
Salomatligingizda jiddiy muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Lekin bu ertalablari jismoniy mashqlar qilishdan tiyilish degani emas.
Ayrimlarning oshqozonida yil o‘rtalariga borib kichik muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Stressli lahzalardan qoching. Ekstrasenslarga, folbinlarga qatnashdan tiyiling. Ruhiy holatingiz shundoq ham a’lo darajada bo‘ladi. Qishda yuqumli xastaliklarga chalinishdan saqlaning. Kompyuter qarshisida uzoq o‘tirib qolmang. Ko‘rish qobiliyatingiz pasayib ketishi mumkin.
TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Amerikalik aktyor Mark Uolberg, rossiyalik aktyor Andrey Leonov, Mixail Pugovkin, angliyalik aktyor va musiqachi Xyu Lori, xonanda Kristina Orbakayte, bastakor, prodyuser Bari Alibasov
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
UMUMIY TA’RIF
To‘ng‘iz yilida qisqichbaqa burjida tavallud topganlarning tashvishli lahzalari, ishlari ko‘paygandan ko‘payadi. Yilning birinchi yarmida moddiy jihatdan ahvolingiz yanada yaxshilanishi, qo‘shimcha daromad keltiradigan ishlar yuzasidan yangi takliflar kelib tushishi kutiladi.
2019 yili zinhor yolg‘izlikda ish bajarmang. Sizga asosan jamoaviy tarzda amalga oshirilgan ishlar naf keltiradi. Dunyodan, jamiyatdan o‘zingizni olib qochmang. Sodir bo‘layotgan hodisalarga optimist nazari bilan boqing. Unutmang, harakat — bu to‘ng‘iz yilidagi sizning sokin va baxtli hayotingiz.
MUHABBATI
Qisqichbaqa burji ostida tavallud topganlar muhabbatsiz yashay olishmaydi. Lekin bu bebaho tuyg‘uga mehr bilan yondashing. Vaqtinchalik xushomadlar, maqtovlarga uchib hayotingizni zaharga qorishtirmang.
Oila qurmagan bo‘lsangiz, haqiqiy muhabbatni qidirishdan to‘xtamang. Siz 2019 yil fevrali va marti oralig‘ida taqdiringizni bog‘lasangiz arziydigan odamni uchratasiz va tanishuv lahzalarini boshdan kechirasiz.
Tashqi ko‘rinishingizga yil davomida alohida e’tibor qarating. Sobiq suyuklingizga qaytishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang. Shunda to‘ng‘iz yili siz uchun muhabbat bobida ham omadli kechadi.
OILASI
2019 yilda ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlariga jiddiy munosabatda bo‘ling. Agar uyingizni ta’mirlash zarur bo‘lsa, bahor oylarida bu muammoni hal etishga harakat qiling. Ayrimlarning xonadonida to‘ng‘iz yilida yangi mehmon dunyoga kelishi kutiladi.
Yil davomida ko‘pchilik oila, ro‘zg‘or tashvishlari, uchrashuvlar, oila boqish uchun qo‘shimcha daromadli ishlarni amalga oshirish bilan band bo‘ladi. Oilasizlar ham yil boshidayoq harakatlarini qilib, oila qurish payida bo‘lganlari ma’qul. Buning uchun qaysarlik odatingizdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.
MOLIYaVIY AHVOLI
2019 yili moddiy ahvolingiz xuddi bulutsiz osmon kabi beg‘ubor bo‘ladi. Mo‘ljaldagi pullarni oson yo‘llar bilan to‘play bilasiz. Ana unda kimdir sayohatga otlanishi, boshqa birov yangi uy sotib olishi, yana kimlardir oila qurmagan bo‘lsa, shu niyatini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Faqat pul topishda qonunni chetlab o‘tishga urinmang. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi shartnomalarga imzo chekayotganda, sergaklikni qo‘ldan boy bermang. Hasadgo‘ylar yo‘lingizga buzib o‘tib bo‘lmas to‘siqlar qo‘yishi ham ehtimoldan xoli emas.
Moliyaviy masaladagi yangi g‘oyalaringiz amalga oshishida yaqinlaringiz, do‘stlaringizdan yordam olasiz.
SALOMATLIGI
2019 yili bel qismingizni mustahkamlovchi mashqlarga e’tibor qarating. Meditatsiya, yoga ham ortiqchalik qilmaydi. Oshqozon-ichak yo‘llarida jiddiy muammo tug‘ilishini xohlamasangiz, ovqatlanish me’yorlariga va rejimga amal qiling. To‘yib uxlashni ham odat qiling. Nonushtaga bo‘tqa va mevalar yeng.
Ayrimlar yil davomida ruhiy jihatdan muammolarga duch kelishlari mumkin. Vrach ko‘rigiga borishdan tiyilmang. Kasallikning oldini olish foydaliroq bo‘ladi.
TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Ukrainalik bokschi va siyosiy arbob Vitaliy Klichko, aktrisa Natalya Varley, xonanda Alsu, yozuvchi va jurnalist Ernest Xeminguey, rossiyalik aktyor Ilya Oleynikov, nemis fizigi Gustav Lyudvig Gers.