Ekspertlar 2019 yilning eng kutilayotgan jangari filmlarini e`lon qilishdi, deya xabar bermoqda Dailyhype.ru nashri.
Fevral oyida “Qor kurovchi” va “Alita: Jangari farishta” kartinalari katta ekranlarga chiqariladi.
Bahor oylarida esa ettita kinopremra qo`yilishi kutilmoqda: ularning ko`pchiligi surepqahramonlarga bag`ishlanadi – “Qasoskorlar: Intiho”, “Shazam”, “Xellboy”, “Kapitan Marvel”, shuningdek, “Uchlamchi chegara”, “Jon Uik 3”, “Godzilla: Monstrlar qiroli”.
Yozda jangari filmlar kamroq bo`lsa ham, lekin dongdor bo`lishi kutilmoqda: “Iks odamlar” va “Qora kiyimli odamlar”ning yangi seriyalari, “O`rgimchak-odam: uydan olisda”, “Xobbs va Shou”.
Kuz oylarida “Terminator”ning yangi qismi katta ekranlarga chiqarilsa, dekabr oyida “Yulduzlar jangi”ning 9-epizodi namoyish etiladi.