Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uchun eski namunadagi “prava”larni yangisiga almashtirish boshlandi
Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uchun eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirib berish jarayoni boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limida, shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-Don va Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonalarida 25-yanvardan e’tiboran haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirib beriladi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidan ma’lum qilinishicha, haydovchilik guvohnomalarini almashtirish istagida bo‘lgan vatandoshlar elchixonaning konsullik bo‘limiga yoki yuqorida sanalgan Bosh konsulxonalarga xorijga chiqish biometrik pasporti (ID identifikatsiya kartasi), milliy haydovchilik guvohnomasi va milliy haydovchilik guvohnomasi talonining asl nusxalarini taqdim etishi shart.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qitish tizimi tubdan takomillashtirilishini ma’lum qilgandi. “Koronavirusdan emas, avariyalar oqibatida ko‘p inson halok bo‘lmoqda... Haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi. Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda. Men ham o‘qiganman, biz uch yil o‘qiganmiz. Hozirgilar o‘qimasdan olyapti. Nima O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Hukumat qaroriga 17-noyabr kuni kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi.

Davlat xizmatlari agentligi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmatini IIV YHXBB elektron tizimida texnik-profilaktik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan 12-noyabrdan boshlab vaqtincha to‘xtatgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 871 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Eski, namunadagi, “prava”larni, almashtirish, boshlandi, O‘zbekistonliklar, yangisiga, rossiyadagi, Uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное