Qirg‘izistonda ekstremistlar uchun turma qurilmoqda
Qirg‘izistonda faqat ekstremistlarga mo‘ljallangan qamoqxona qurilmoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Abdirahmon Mamataliev 19 oktabr kuni Chu viloyatiga tashrif buyurib, u yerda ketayotgan qurilish jarayoni bilan tanishdi. Amaldorlarning so‘zlariga qaraganda, bu hibsxona oddiy jinoyatchilarning ekstremistlar bilan aloqalar natijasida radikallashuvining oldini olishga qaratilgan.