Markaziy bank 1 maydan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 0,03 so‘mga ko‘tarilib, 8 068,20 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 114,53 so‘mga pasayib, 9 785,11 so‘mga yetdi.
Shuningdek, Rossiya rubli 2,13 so‘mga tushdi va 129,71 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.