Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qirolicha - Soundterck
. Jumong-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2023 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi. 
Advokatlarga «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Prezident qaroriga asosan 2023 yil 1 fevraldan boshlab:

Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an’anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, advokatlik tuzilmasi tomonidan ishonch bildiruvchi shaxs bilan tuzilgan barcha shartnomalarning faqat rekvizitlari (shartnoma raqami va uning tuzilgan sanasi) to‘g‘ridan to‘g‘ri «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritiladi va bu QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi»ni olish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, advokat so‘rovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi» orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.

NNTlar tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shakli o‘zgaradi

Adliya vazirining buyrug‘iga asosan 2023 yil 1 fevraldan boshlab nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shaklining yangi tahriri kuchga kiradi.

Qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan olib chiqishga ruxsat etiladi

Prezident qaroriga asosan:

rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga — zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat etiladi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabi bekor qilinadi

Prezident qaroriga asosan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog‘liq Palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha pulli xizmatlar bundan mustasno.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar a’zo sifatida ro‘yxatga qo‘yish uchun Palataga elektron tizim orqali yuboriladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1350 | Рейтинг: 0| Рейтинг: nimalar, o‘zgaradi?, Fevral, qonunchilikda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное