O‘zbekistonda 19-mart, shanba kuni havo o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
19-martga o‘tar kechasi havo harorati O‘zbekistonning tog‘li hududlari -3 darajagacha, qolgan hududlarda esa 0…+3 darajagacha sovishi taxmin qilinmoqda. Ayni vaqtda, havo harorati kechasi hududga qarab +2 darajadan +8 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
19-mart kuni kunduzi tog‘li hududlarda +8 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +13 darajagacha, Qorqalog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida +15 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va O‘zbekiston janubi — Qashqadaryo va Surxondaryoda shanba kuni havo harorati +13…+18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
19-mart kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlari va Toshkent shahrida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi, mamlakatning qolgan hududlarida yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kutilmayapti.
|