10—11-oktabr, shanba va yakshanba kunlari Toshkentda havo harorati keskin tushib ketadi. Yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga asoslanib, Afisha xabar bermoqda.
10-oktabr, shanba kuni kunduzi havo harorati 28 daraja bo‘ladi, kechga kelib yengil yomg‘ir yog‘ib o‘tadi. Qisman bulutli havo va yomg‘ir shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi kuzatiladi, dam olish kuni esa to‘liq yog‘inli o‘tadi. Kechqurun havo harorati Selsiy ko‘rsatkichi bo‘yicha +8 — +10 daraja, kunduzi esa +20 — +22 darajani tashkil etadi.