Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 19 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkentda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +37, kechasi esa +20... +22 daraja issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +35... +40, kechasi esa +18... +23 darajada issiq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 bo‘lishi aytilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi +20... +25 darajada issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +35... +40, kechasi +22... +27 daraja issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +37... +42 daraja, kechasi esa +22... +27 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.