15 yoshli bola yettinchi qavatdan tushib ketib, omon qoldi
Sankt-Peterburgning janubida 15 yoshli maktab o‘quvchisi turar-joy binocining yettinchi qavatidan tushib ketib, tirik qoldi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea kecha, 3 aprel kuni kechki soat 18:20 atrofida sodir bo‘lgan. Maktabning to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi ko‘p qavatli uyning yettinchi qavati derazasidan yiqilib ketgan. O‘smir og‘ir ahvolda 5-sonli bolalar shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa bola otasining uyida yuz bergan. Uning ota-onasi ajrashgan.
Onasining so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li ikki yil oldin bosh qismidan qattiq tan jarohati olgan. Shundan so‘ng unda vahima va tez-tez tushkunlikka tushish holatlari kuzatilib turgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilayotgani aytilgan.