10 avgust: O‘zbekistonda 40 daraja issiq hukmronlik qiladi
Avgust oyining 10-kunida ham O‘zbekistonda jazirama havo harorati saqlanib qoladi. Toshkent shahrida harorat kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi esa 23-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi +34...+39. Kechasi +23...+28 daraja.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 35-40 daraja issiq, kechasi 20-25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Eng yuqori harorat O‘zbekistonning janubida joylashgan Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida kutilmoqda. Bu viloyatlarda harorat kunduzi 41 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida kunduzi harorat +35...+40 darajani tashkil qiladi. Kechasi esa 25 darajagacha iliq bo‘ladi.