Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Abiturientlarga: Qaysi ta'lim muassasasini tanlagan maqul?

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta'lim sifatini oshirish, malakali mutaxassislarni tayyorlashga katta etibor berilayotgan bir vaqtda ayrim oliy ta'lim muassasalari hali-hanuz ta'limni yaxshilash haqida o'ylashmayapti, chamamda.
Respublikamizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan test sinovlarini takomillashtirsh va oliy ta'lim tizimi sifatini nazorat qilish bo'yicha qarorlari asosida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim jarayonlari uzviy nazorat qilinmoqda. Professor-o'qituvchilar oylik maoshlari ortib bormoqda. Malakasi yetarli bo'lmagan fan o'qituvchilari oliy ta'limda faoliyat yuritishdan chetlatilmoqda.
Ammo, shunday davrda, hech kimdan qo'rqmay ayrim professor-o'qituvchilar haligacha o'z oylik maoshlariga qanoat qilmay, talabalardan pul so'rashda davom etishmoqda.
Masalan, Bir semestr davomida uzurli sabablarsiz dars mashg'ulotlarini qoldirmagan, kechasi bilan, daftarlarini yozib, darsga tayyorlanib o'qishga boruvchi bir talabani olaylik.
Barcha joriy va oraliq nazoratlarni topshirgan, bugungi kunda 55 balli mavjud, ammo fan o'qituvchisi pul bersin, bo'lmasa qoldirib yuboraman degan vajlar bilan pora so'ragan. Bu kabi ishni guruhdagi boshqa talabalarga ham qo'llagan.
Demak talaba darsga borib, o'qisa ham, o'qimasa ham baho olish va qolib ketmaslik uchun pul to'lashi kerak shundaymi? Nega? Fan o'qituvchisi o'ziga avtomobil yoki biror bir boshqa narsa olishi uchunmi?
Men talabalar ta'lim dargohiga bilib olish uchun borishadi, fan o'qituvchilari esa bilim berish uchun borishadi deb o'ylardim. 
Afsus, bugungi kunda o'qituvchi talabadan pul olish uchun borar ekan, talaba esa pul berish uchun...
Eng hayratlanarlisi O'qituvchilar ustidan ta'lim muassasasi rahbariyatiga, yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidenti portaliga yordam so'rab murojaat qilishsa, raxbariyat talabaning yonini olmas, voqeaga holis yondoshmas ekan. Bejizga davlatimiz tomonidan ushbu ta'lim muassasasi raxbari almashgan ekan deb ham o'yladim.
Mazkur ta'lim muassasasida darsga kelmagan talabaning davomatini, kiyinish madaniyatini o'rganar ekanlar, darsda ishtirok etmagan talabalar, guruhlar bilan suxbatlashib, ularga dakki berar ekanlar.
Avval ta'limni iziga qo'yaylik janob rektor, avval pedagog o'qituvchilarimizni yeg'ishtirib olaylik, ular dars berishni boshlashsin, pul olgisa kelsa darsda qatmashganlarga murojaat qilsin, to'liq darsga kelsayu pul to'lasa, kimni ham o'qishga borgisi keladi. Balki ta'lim muassassidagi barcha fan o'qituvchilari bunday emasdur, ammo achinarlisi aksariyat domlalar maqsadi dars o'tish bo'lmay qoldi.

Biz ham talaba bo'lganmiz bir necha yil avval. Ammo bizning davrimizda darsda qatnashgan talabaning 3 bahosi bor edi. Qizlarga domlalar 3 qoyishga uyalib 4 qo'yishardi.
Salohiyat past, domlalar dars o'tishmagan deb, nega professor-o'qituvchiga chora ko'rmaysiz. Oliy ta'lim vazirligida faoliyat yuritgan inson, bu narsalarni yaxshi bilishi lozim menimcha.

Yechim: 
-Talabalarga: 
Shunday holga tushuvchi talabalarga maslaxat berib o'tmoqchi edim. Agar sizda ham shunga o'xshash holat bo'lsa, siz guruhiz bilan birga barcha darslarda ishtirok etgan bo'lsangiz, fan o'qituvchisiga bora  bermang, Fan o'qituvchisi butun guruhni qoldirib yuborolmaydi, agar qoldirsa bunga o'zi aybdor bo'lib qoladi. 65-70% talaba birinchi qaydnoma baholashi shart. Shuning uchun butun guruh bilan pul bermaymiz deb turib oling, fan o'qituvchisi baribir bahoni qo'yadi, Hech narsasan cho'chimang.

-Abiturientlarga: Bo'lajak abiturient, yuqoridagi aytib o'tilgan fikrlarni o'qib hulosa qiling, Yuqoridagi kabi ta'lim muassasida o'qib hech kim bo'lib chiqqandan ko'ra, yaxshiroq oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshiring. Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutiga hujjat topshiringmang.!

So'zimiz yakunida Termiz davlat universiteti rektorining xalqaro press clubdagi ta'lim tizimi haqidagi fikrlarini e'tiboringizga namoyish etamiz, albatta ko'ring.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2666 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qabul jarayonlari, DTM, abiturient, o'qish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное