Bugungi kunda yurtimiz oliy o’quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari bo’lib o’tmoqda. 1 milliondan ortiq abiturient hujjat topshirgan bo’lsa, shularning 80 mingdan ortig’i talaba bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bu umumiy xisobda jami aibiturientlarning 8% halos. Barchaga albatta omad tilab qolamiz. Ammo talaba bo’lish uchun ikki imkoniyat bo’lsa yanada yaxshi deb o’ylaymiz.
Faqat bizning sayt kuzatuvchilari uchun ajoyib yangilikni va maslaxatni aytib o’tamiz.
Toshkent davlat texnika universitetida bakalavr bosqichi uchun qabul jarayonlari davom etmoqda. Ho’sh bu qanday qilib deysizmi? Ha bu rost. Bugun buning o’zim guvohi bo’ldim.
Universitet qo’shma ta’lim dasturi asosida 11 ta ta’lim yo’nalishiga jami 185 ta talabani o’qishga qabul qiladi. Ayrim insonlar hujjat topshirishga ulgurmagan, yoki ayrimlar ikkita imkoniyat asosida o’z omadini sinab ko’rishni istaydi. Bu sizning imkoniyatingiz.
Agar siz avvalroq DTM uchun boshqa oliy ta’limga hujjat topshirgan va yaqin kunlarda sizning imtixoningiz bo’lsa, buning salbiy tomoni yo’q, siz unga ham bunga ham hujjat topshirsangiz bo’lar ekan.
Mazkur qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha o’qish xorijiy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda tashkil etilgan. Mazkur o’qishga hujjatlar 15-avgustga qadar qabul qilinadi. Bugun bordim. Deyarli hech kim yo’q, Shu uchun bu habarni sizlar bilan bo’lishni istadim. Hamma abiturientlarga omad tilab qolamiz. Maslaxat bizdan, qabul qilish sizdan. Imkoniyatingizni ikki marta oshirib, bu qo'shma ta'lim bo'yicha o'qishga ham hujjat topshirib qo'ying. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang…
Qo'shimcha ma'lumotlarni barchasini Toshkent davlat texnika universitetidan olasiz. Shoshiling, vaqt oz qoldi.!
O'ychi o'yini o'laguncha tavakkalchi ish bitirar...