Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

“ZOʻR TV” telekanali: Tomoshabinlar turk seriallarini talab qilishmoqda


So'nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy seriallar qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Biz xorijiy seriallarning efirga uzatilishi bilan bog'liq masala yuzasidan xususiy telekanal va turli tashkilotlar vakillari fikri bilan qiziqdik.

Feruza Yusupova, “ZOʻR TV” telekanali muharriri:

– Bizning telekanalda atigi 3 ta serial efirga uzatiladi. Shulardan ikkitasi tarixiy, bittasi jazo muddatini o'tayotgan ayollar haqida. Ijtimoiy tarmoqlarda telekanallarimizda asosan turk seriallari namoyish qilinayotgani va ular yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir qilayotgani haqida e'tirozlar bildirilmoqda. Biz ham milliy seriallarni efirga berish tarafdorimiz. Lekin hozircha talabga javob beradigan milliy seriallar taklif qilinmadi. Shu sababli, xorijiy davlatlar tomonidan ishlangan kinolarga murojaat qilamiz. Avvalo, tomoshabin talabi inobatga olinadi. Biz hamisha tomoshabinlar talabini monitoring qilib boramiz. Telekanalimiz muxlislari ko'proq turk seriallarini talab qilishmoqda.

Shu bilan birga serialning Turkiyada qanday muvaffaqiyat qozonganini ham inobatga olamiz. Tanlangan serial telekanalning Badiiy kengashiga topshiriladi. Badiiy kengashdagi 8 nafar o'z ishining ustasi bo'lgan mutaxassis serial bilan to'liq tanishib chiqib, fikrini bildiradi. Badiiy kengash har bir a'zosining xulosasi tinglanib, so'ng bir fikrga kelinadi. Ruxsat berilsa, film dublyaj jarayonidan keyin “pardozlanadi”. Ya'ni, mentalitetimizga yot unsurlari bor, qahramonlar sovuq qurollardan vahshiylarcha foydalangan lavhalar kesiladi, jargon so'zlar o'rniga hammaga tushunarli va salbiy bo'yog'i nisbatan kamroq so'z qo'llanadi. Bir so'z bilan aytganda, yurtimiz tomoshabinlariga moslashtiriladi. Serialning har bir qismi efirga uzatilishidan oldin mas'ul muharrir tomonidan yana bir marta ko'rib chiqiladi.

“Abdulhamid” va “Ertugrul” tarixiy seriallariga e'tiroz bo'lgani yo'q. Ijtimoiy tarmoqlarda asosan “Hovli” seriali muhokama qilinayapti. Shu filmda har bir salbiy holatdan so'ng lirik chekinish bilan o'sha voqeaga izoh beriladi. Qahramon qaerda, qanday ayb qilgani ko'rsatiladi. Eng muhimi, filmning yakunida falsafiy xulosa bor. Hamma voqea o'shanga qarab borayapti. Chunki bunda yomonlik orqali yaxshilik ulug'langan. Yoshlarni yomon yo'lga kirmasligi oilaga bog'liqligi, aks holda oqibatining nima bo'lishi so'nggi qismlarda ma'lum bo'ladi. Yana bir misol, “Gullar iztirobi” seriali bosh qahramonining qalbini o'ch olish hissi egallab olgandi. Shu sabab undan barcha yuz o'giradi, u yolg'izlanib qoladi. Axir bu seriallar orqali yaxshilikni yomonlikdan farqi ko'rsatib berilgan-ku! Har qanday asar faqat ijobiy qahramonlardan iborat emas.

Biz muammoga bir oz kengroq nazar tashlashimiz kerak. Ota-onalar bolalari bilan kam muloqot qilishyapti. Ularga oqni qoradan farqlashni o'rgatishmayapti. Bir ayol telefon qilib, bolam serial qahramoni qilgan ishni qilyapti, deydi. Axir seriallarda yosh nisbati belgilab qo'yilgan-ku! Nega o'n olti yoshdan kichiklarga ayrim serialni ko'rishga ruxsat berishadi? Ota-ona farzandiga salbiy qahramon haqida uning odobsizligini tushuntirib berishmayapti. Agar oilada sog'lom muhit bo'lsa, hech qanday serial ularning ma'naviyatiga salbiy ta'sir qilmaydi.

O'zA muxbiri
Xurshid Qodirov

yozib oldi



Manba:hordiq.uz
Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 9174 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 0| Рейтинг: talab qilishmoqda, Tomoshabinlar, Turk seriali, ZOʻR TV, telekanali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Kamolxon пишет: | 11.04.2019 | 20:48 ( E-mail ) #7 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Fazilat xonimi shu ham kinomi
Like | 0
baxodir Turk seriallaridan tashqari o`zimizniki xam bor-ku shuni ko`rsatsangiz bo`ladiku?
Like | 0
jesur98 Nega Ertugrul serialni qoymayapsiz
админbu serial to'xtatilgan.
Like | 0
аватар отсутствует Yurfakni bitirib olsam O'zbekistonda hovli, fazilat xonim va qizlari va shunga oxshash ***** filmlarni efirdan olib tashlash uchun sudga davo qilaman,
Like | 0
аватар отсутствует Tvda efirga uzatilyapkan GULPERI serialidan boshqa barcha seriallarni yoq qilish kerak, vashe ***** film bular.
Like | 0
Rameo_bek Yetar endi shu turk serialari rassiyani qanday zor detektiv serialari bor shularni qoysa boladiku
Like | 0
аватар отсутствует ILTIMOS TURK SERIALLARINI UMUMAN YOQ QILINLAR. UNDAN KORA YAPON SERIALI OSHINNI BERIN. ILTIMOS
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное