Zarina "Yo‘l bo‘lsin”, "Qorako‘z”, "Senga muhtojman”,
"Oqibat”, "Men yulduzman”, "Aldangan ko‘ngil”, "Parizod” va boshqa bir qancha
filmlardagi ijorlari bilan muxlislar qalbidan o‘rin egallagan. Ayniqsa, uning
"Parizod” filmidagi ta’sirli ijrosini alohida ta’kidlash lozim.
Ijodga
aloqador savollar:
-Siz nima
sababdan aynan san’at yo‘nalishini tanlagansiz?
-Dadam
Shahboz Nizamutdinov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist. Shuning
uchun, yoshligimizdan qo‘shiq aytib katta bo‘lganmiz. To‘rt yoshimda
O‘zbekistonga atalgan qo‘shiqni oilaviy kuylaganmiz. Yetti yoshimda "Nasiba”
qo‘shig‘ini ijro etganman, u "Yulduzcha” tanlovida birinchi o‘rinni egallagan. "Uspenskiy”
nomidagi musiqa maktabida o‘qiganman, keyin xoreografiya bilim yurtiga o‘qishga
kirganman. Xullas, hammasi san’at bilan bog‘liq.
-Sizga
salbiy rollarni ijro etish bo‘yicha takliflar tushganmi?
-Salbiy rol
ijro etish takliflari juda ham kam tushadi. Salbiy rollarga ko‘pincha
rad javobini beraman. Bizda men xohlagandek salbiy rol hali yozilmagan. Ammo,
Said Muxtorovning hali katta ekranlarga chiqmagan "Girdob” nomli filmida salbiy
rolni ijro etganman.
-Sizni
san’atga boshlagan birinchi ustozingiz kim?
-Dadam.
-Sizni "Men
yulduzman” filmidagi qahramoningizning xarakteri o‘zingizga ma’lum, siz hayotda
ham shu roldagi qizga o‘xshaysizmi?
-Ha
o‘xshash. Xuddi mendek sho‘x-shaddod qiz.
- Qorako‘z”
filmida qahramoningiz suvga sakragan. Siz o‘zingizni qanaqa his
qilgansiz? Suzishni bilasizmi?
- Suzishni
bilaman, lekin oqar suvda suzishni bilmayman. O‘sha sahna suratga
olinayotganda shamollagan edim, shu sababli sovuq suvga sakrash va qo‘rquv
ancha qiyinchilik tug‘dirgan.
-"Parizod”
filmidagi ijroingiz juda yoqdi. Bo‘larkan-ku mingta so‘z o‘rniga ko‘zlar
bilan ham rol o‘ynasa. Bu
rolni ijro etish davomida nimalarni his qildingiz?
-Bu mening
eng sevimli filmlarimdan bittasi. Bu film diskini istalgan odamga
faxrlanib sovg‘a qila olaman.
-Kinodagi
Zarina bilan haqiqiy hayotdagi Zarina nimasi bilan farq qiladi?
-Filmlarimda
har xil xarakterli rollarni ijro etaman. Masalan, shaddod qizni, hatto
erkak rolini ham ijro etganman. Hayotda esa sho‘x-shaddod Zarinaman.
-Idealimdagi
partnyor, deb qaysi aktyorni ayta olasiz?
-Idealdagi
deb ayta olmayman, chunki har bir aktyorning o‘ziga yarasha mahorati bor. Lekin,
debyutant aktyorlar bilan ishlash qiyinroq. Tomoshabinlarga esa Umid Iskandarov
bilan birga ijro etgan rollarimiz ko‘proq yoqadi.
-Agar sizga
xonandalik va aktrisalikdan bittasini tanlang, deyishganida qay birini tanlagan
bo‘lar edingiz?
- Bu
savolni noto‘g‘ri deb bilaman, chunki ikkalasi ham bir-biriga yaqin soha. Ikkalasini
ham birdek a’lo darajada olib borish mumkin, deb o‘ylayman.
Shaxsiy savollar:
-Zarinaning
bolalikdagi orzulari qanaqa bo‘lgan?
-Bolalikdagi
orzuyim model bo‘lish bo‘lgan. Faqat, fotomodel bo‘lib ishlaganman. Yana
bir orzuyim esa turmushga chiqib, bolali bo‘lib, uyda o‘tirish edi. (Kulib
yubordi)
-Sizning
eng yoqtirgan filmlaringiz qaysilar?
-Yoshligimda
"Titanik”, "Zorro” filmlarini yoqtirar edim. Yaqinda olingan "Avatar”
filmidek filmda rol ijro etish esa orzuyim bo‘lib qoldi. "Avatar” – yuragimdan
joy olgan film.
-Siz
o‘zingizni 20 yildan keyin qanday tasavvur qilasiz?
-Xuddi
hozirgidek (kuladi). Yigirma yildan keyin sal qarisam kerak.
-Lola
va atirgul. Siz o‘zingizni qaysi biriga qiyoslaysiz, izohlab bering?
-Atirgul
bo‘lsa kerak.
-Tarqalgan
xabarlarga ko‘ra, siz yashash joyingizni o‘zgartiribsiz. Bunga nima
sabab bo‘ldi?
- Hech
narsa sabab bo‘lmadi. Shunchaki, boshqa joyga ko‘chdik.
-Taqdir
taqozo qilsa, qishloqda yashagan bo‘larmidingiz?
- Yo‘q.
Nafaqat qishloqda, xorijda bo‘lsam ham Toshkent
shahriga talpinaveraman.
-Dilingiz
bilan tilingiz birmi? Ya’ni biror odam bilan suhbat qilayotib
xayolingizda o‘ylaganingizni ochiq-oydin gapirasizmi yoki o‘ylab gapirasizmi?
- Ha,
albatta, tilim bilan dilim bir.
-Agar sizga
yana turmushga chiqishni taklif qilishsa, rozi bo‘larmidingiz?
-Albatta
turmushga chiqaman. Aktrisa ham ayol. Turmushga chiqish, oilasi bo‘lishi har
bir qizning orzusi.
Ko‘p sonli muxlislar tomonidan yuborilgan
savol:
-Nega
buncha go‘zalsiz?
-Chiroyli
qizlar juda ko‘p (Kulib yubordi) men o‘zimni o‘ta chiroyli deb bilmayman.
-Yoqtirgan
taomingiz?
-Xonim.
-Kiyinish
uslubida yoqtirgan rangingiz?
-Qulayi
qora.
-Qaysi
mashina markasini yoqtirasiz?
- Yaxshi
mashinalar yoqaveradi.
-Sevimli
ashulangiz?
-Aynan
bitta ashulani juda yoqadi, deb ayta olmayman. Tez-tez almashib turadi.
-Yoqtirgan
shahringiz?
- Toshkent.