Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yigitali Rayhonning konsertiga keladimi?


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning ish tartibi bugungi kunda doimgidan-da tig‘izroq. 23 fevral kuni boshlanadigan konsert dasturi oldidan o‘y-xayoli faqat konsertga puxta tayyorlanish va muxlislar oldidagi “imtihon”ni a’loga topshirishdadir. Ammo shunday bo‘lsada xonanda “Darakchi” gazetasi uchun vaqt ajrata oldi...
— Kutilayotgan konsert dasturi vaqtingizni butkul band etgani ko‘rinib turibdi.
— Har bir xonanda uchun yakkaxon konsert o‘ta mas’uliyatli jarayon. Chunki biz bir yillik ijodimizning hisobotini topshiramiz. Ishonavering, bu oson ish emas.
— Konsert oldi sizni qanday muammolar qiynayapti?
— Shou-dastur mayda-mayda detallardan tashkil topgan yirik loyiha hisoblanadi. Biz bugun barcha muammolarni bartaraf etish uchun ijodiy guruhimiz bilan sutkasiga  salkam 24 soat tinim bilmay ishlayapmiz.
— Bu galgi konsertingizda ham muxlislar uchun  yangiliklar tayyorlab qo‘ygan bo‘lsangiz kerak...
— Konsert - bu syurpriz! Agar hozir aytsam, u syurpriz bo‘lmay qoladi-ku (kuladi). Lekin bir sirni aytishim mumkin — uchta blokdan iborat dasturda o‘tgan yillardagiga o‘xshamagan sirk gimnastik harakatlarni bajaraman.
— Bunday ish tartibida farzandlaringizga qanday vaqt ajratyapsiz?
— Afsuski, bugun bolalarimga oldingidek ko‘p vaqt ajrata olmayapman. Hozir bu meni eng qiynayotgan mavzu... Lekin  muxlislarim oldidagi mas’uliyatni his etgan holda hozir ishga ko‘proq vaqt ajratyapman. Bu vaqtinchaligini bolalarimga aytib, tushuntirishga harakat qildim. Egizaklarim meni tushunishadi degan umiddaman.
— Ish bilan bandligingizda farzandlaringizga kim g‘amxo‘rlik qilyapti?
— Juda tajribali va mas’uliyatli enagalarimiz bor. Ularga singlim ham ko‘z-quloq bo‘lib turadi.
— Konsert reklama bannerlaridagi suratingiz mas’ul tashkilotlar tomonidan tanqidga uchrab, biroz muammo tug‘dirdi...
— Konsert bannerlaridagi suratimning birinchi ko‘rinishida bo‘yin va yelkamda zanjirlar bor edi. Ammo bu ko‘rinish ularga ma’qul kelmagani uchun zanjirlarsiz ikkinchi ko‘rinishdagi suratlarni taqdim etdim. Bor gap shu.
— Konsert tashkiliy ishlari uchun asablar temirdan bo‘lishi kerak. Bunday holatlarda jahlingizni qanday jilovlaysiz?
Gapingizga qo‘shilaman. Bunday paytda odam o‘ta sabrli bo‘lishi kerak. Agar vaziyat haddan ziyod chuqurlashsa,  unda xonaga qamalib olib, yaxshilab yig‘lab olaman va keyin hech narsa bo‘lmagandek yana ishni davom ettiraverman.
—Odam shunday damlarda yaqin kishilarining ko‘magiga muhtoj bo‘ladi... 
— Nima demoqchiligingizni tushundim. Hayotimiz davomida kimlarnidir topamiz, kimlarnidir yo‘qotamiz. Shunga qaramay, Xudoga shukr qilib yashash kerak.
—Bu yilgi konsertingizga farzandlaringizning otasini taklif qildingizmi?
...

 Aliya SULAYMONOVA suhbatlashdi



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10256 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Rayhon G‘aniyeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
gulnoza664 kansertizda omad %)
Like | 0
Azamat4846 Tayyor diskda db otirmidide tayyorgarli qliw kereku babr. Rayhon har yili hammani lol qoldiradi
Like | 0
isakhan пишет: | 22.02.2016 | 12:25 #1 Страница с комментарием
isaa Nimasiga qiynaladi tayyor qo'shiq diskda, jonli aytish shart emas..
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное