Xabaringiz bor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘tgan oy boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohdan o‘tdi. To‘yni katta tantana sifatida nishonlashni istamagan Rayhon va Farhod ko‘p o‘tmay Dubayga jo‘nab ketishdi. So‘ng sayohat Hindistonda davom etdi.
Ayni damda internetda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning kelinlik libosida tushgan suratlari tarqalmoqda. Bu orada esa Farhod va Rayhonning nishonlanmagan to‘ylari endi o‘tkazilishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqaldi.
Kelinlik libosidagi bir necha suratlarni Rayhonnng o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi va bu to‘y liboslari saloni uchun tushilgan surat ekanini ma’lum qildi.
Ayni damda Rayhon G‘aniyeva 2017 yilning fevral oyida “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.