Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova endi ertakda
Hozirgi kunda “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olinayotgan “Oyqiz ertagi” badiiy filmini ishlab chiqarish jarayoni ayni qizg‘in pallaga kirgan.
Film qiziqarli afsona va rivoyatlarga asoslangan bo‘lib, unda Vatanni sevish, uning daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mardlik, halollik singari ezgu g‘oyalar aks ettirilgan, deya xabar beradi “O‘zbekkino” MA.
“Oyqiz ertagi” badiiy filmining ssenariysi Muhammad Davlatilloh va Akbar Bekturdiev qalamiga mansub, postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev, postanovkachi rassom Akmal Saidov. Filmda Hayrulla Sa’diev, Ma’ruf Otajonov, Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova kabi taniqli va yosh aktyorlar suratga tushishmoqda.