Aktrisa Yulduz Rajabova yangi serialda Kumush rolini ijro etmoqda
Aktrisa Yulduz Rajabova ayni damda Ayub Shahobiddinov rejissorligida suratga olinayotgan “Artist” nomli yangi serialda suratga tushmoqda. Bu haqda “PopCorn.uz”xabar berdi.
“Bu yangi ijodiy mahsulot — sitkom (voqeali komediya) seriali O‘zbekistonda birinchi marta suratga olinmoqda. Shuning uchun bu kartinada ishlash shaxsan men uchun juda qiziq kechmoqda. Unda bosh qahramon Kumush obrazini yaratyapman”, — deydi aktrisa.
Shuningdek, Yulduz Rajabova jangovar sahnalarga boy ertak-film — “Oyqiz ertagi”da ham bosh qahramon — Oyqiz obrazini gavdalantirmoqda. Bu film rejissor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olinmoqda.