“Ummon” guruhining “Yo‘q” , Ulug‘bek Rahmatullaevning “Omadim kelmadi” kliplaridagi ishtirokidan so‘ng tanilgan aktrisa, “E’tirof-2015” mukofoti sovrindori Yulduz Rajabova “7x7” gazetasiga intervyu berdi.
“Falsafiy filmda suratga tushish niyatim bor. Insonni chuqur o‘yga toldiradigan, jamiyatdagi muammolarga yechim izlaydigan filmni tomoshabin ham kutyapti”, – deydi aktrisa.
Shaxsiy hayotdagi kelgusidagi rejalari haqida esa u shunday deydi:
“Oshiqlar ko‘p...Kasbimni hurmat qiladigan inson bilan oila qurishni istayman. Oilasi mustahkam, ishbilarmon ayollarga havasim keladi”.