Yigitali Mamajonov Sug‘diyona Azimovani quchoqlab suratga tushdi
Aktyor Yigitali Mamajonov o‘zining Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Aktyor hamkasbi, aktrisa So‘g‘diyona Azimovani quchoqlab turgan suratini o‘z sahifasiga joylashtirdi va uni “Xayrli tong, hamma hammaga. Bugungi kunni judayam yaxshi kayfiyatda qarshi oldik. Xursandchilik ustiga yana xursandchilik. O‘rtog‘imiz va hamkasabam So‘g‘diyona Azimova bilan kutilmagan uchrashuv, mehmondorchilik uchun rahmat”, deya izohladi.
Mazkur surat 3 soat ichida salkam 3000 ta “layk” yig‘di. Izohlarda esa kimdir Yigitali va So‘g‘diyona bir-biriga juda mos ekanligini ta’kidlasa, boshqalar suratdagi xatti-harakatlar o‘zbekchilikka to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tdi.
Avvalroq aktyor suratlaridan biriga “Har doim bir-biringizni butun vujudingiz bilan seving. Dunyoda sevgidan boshqa deyarli hech qanday muhim narsa yo‘q”,deb izoh yozib qoldirgan edi.