Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila zararlari ma’lum qilindi
Avvalroq, Yaponiyaning Xonsyu orolida qattiq zilzila yuz bergani haqida xabar bergan edik.
Yaponiya Tabiiy ofatlar natijalarini bartaraf etish markazi 18 iyun kuni sodir bo‘lgan 6,1 balli yer qimirlashida Osaka prefekturasidagi 6700 uy va xo‘jalik binolari zarar ko‘rganini ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, prefekturaning 16 ta shahar va qiloqlaridagi uylar talafot ko‘rgan. Zilzilada asosan 1980 yilgacha qurilgan, hozirgi yapon antiseysmik normalariga to‘g‘ri kelmaydigan binolar zarar ko‘rgan.
Tabiiy oft yuz bergan hududda hozirgacha 8,5 ming aholi gaz ta’minotidan uzilib qolgan. Zilziladan keyin ularning soni 110 ming edi. 25 iyungacha gaz ta’minoti to‘liq qayta tiklanishi kutilyapti.
Er osti silkinishi natijasida Osaka prefekturasining shimolida besh kishi halok bo‘lgan va 350 ga yaqin odam turli jarohatlar olgan edi.