Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Merlin-Soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Tanho malagim - Soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Yangi yil dasturxoni uchun qomatga zarar yetkazmaydigan mazali desertlar
Ko‘plab ayollar Yangi yil bayramida yaqinlarini eng yaxshi retseptlar bilan xursand qilishni istaydi va mazali yeguliklar, shirinliklar tayyorlaydi, ularning aksariyati esa yuqori kaloriyaga ega bo‘ladi. Biroq ayrim yeguliklar, taomlar va shirinliklar qomatga zarar yetkazmaydi. Lisa nashri shu kabi shirinliklarning ro‘yxatini taqdim etdi.

Biskvitsiz tort

Biskvitsiz tort — bu chinakam oshpazlik ixtirosi. Birinchidan, bu tortni tayyorlashga ko‘p vaqt ketmaydi, chunki shirinlik tayyor keks, pechenye yoki zefir yordamida tayyorlanadi. Ikkinchidan, biskvitsiz shirinliklarning tarkibi chiroyli qomatning asosiy “dushmanlari” bo‘lgan un, sariyog‘ va shakarni o‘z ichiga olmaydi, biroq unga foydali past kaloriyali mahsulotlar: tvorog, rezavor mevalarni ishlatish mumkin. Ko‘plab uy bekalari biskvitlarni jelatin yordamida pishirmasdan tayyorlaydi, shuning uchun shirinlik yengil va ortiqcha kaloriyalarsiz bo‘ladi.

Yogurtli tort 

Yogurtli tortlar past kaloriyali shirinliklar qatoriga kiradi, chunki ular tabiiy fermentlangan sut mahsulotlaridan tayyorlanadi. Shirinlikni tayyorlash uchun bitta keks kerak bo‘ladi, bunga juda ko‘p miqdorda un, sariyog‘ va shakar kerak bo‘lmaydi. Kam yog‘li yogurtdan foydalaning va idishga ekzotik mevalarni soling. Bunday sog‘lom va mazali desertni iste’mol qilgandan keyin xohlagancha ovqatlanish mumkin.

Tvorog va rezavor mevali parfe

Tvorog va rezavor mevali parfe — mazali, o‘ziga xos Yangi yil shirinligi hisoblanadi. Bu mazali muzlatilgan desertga ko‘pirtirilgan qaymoq, tuxum oqi va sarig‘i, shuningdek, har qanday rezavor mevaning murabbosi qo‘shiladi. Biskvitning o‘rniga kam yog‘li tvorog, bezatish uchun esa rezavor mevalar yoki tayyor murabbo kerak bo‘ladi. Shirinlikni uch-to‘rt soat davomida muzlatkichga joylashtirib, sovitilgan holda dasturxonga tortish mumkin.

Uyda tayyorlanadigan konfetlar

Mazali konfetlarni uyda o‘n daqiqada tayyorlash mumkin. Biroq, asosiysi, bunday yengil va oddiy desert qomatga umuman zarar yetkazmaydi, chunki uning tarkibida faqat uchta mahsulot: asal, kokos qirindisi va kivi mavjud bo‘ladi. Konfetni tayyorlash uchun, dastlab kivini blender yordamida maydalang va bir necha osh qoshiq asal qo‘shing. Ularni kokos qirindisiga solib, dumaloq shaklga keltiring. Konfetlarni to‘rt soat davomida muzlatkichga qo‘ying. Eng oddiy va juda kam kaloriyali Yangi yil shirinligi tayyor.

Qovoqli pirog

Yana bir kam uglevodli ajoyib desert — qovoqli pirog. Uni tayyorlash uchun pishirilgan qovoq pyuresi, shuningdek qo‘shimcha mahsulotlar: ozgina un, kakao kukuni va ikki dona tuxum kerak bo‘ladi. Qovoqli pirogni rezavor mevalar yoki yogurt bilan dasturxonga tortish mumkin. Shirinlik oson tayyorlanadi va uncha ko‘p mahsulotni talab qilmaydi.

Rafaello

Rafaello o‘z qomatiga zarar yetkazishni istamaydigan, biroq Yangi yil arafasida mazali shirinliklarsiz qolishni istamaydigan insonlar uchun juda mos keladi. Mahsulotning asosi mayiz va banan qo‘shilgan, ezilgan jo‘xori unini o‘z ichiga oladi. Shundan keyin aralashma kokos yong‘og‘i qirindisiga solinadi va iste’mol qilinadi. Rafaello shirin va mazali, biroq ularni minimal miqdorda yegan ma’qul.



Manba:daryo.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 737 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yetkazmaydigan, Uchun, dasturxoni, zarar, yangi yil, qomatga, desertlar, Mazali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное