Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yangi iPhone’ning zavoddan olingan fotosuratlari sizib chiqdi

Nowhereelse saytida Apple’ning yangi smartfoni uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarayotgan zavoddan fotosuratlar e’lon qilindi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, suratlar orasida iPhone 6S Plus’ning himoya oynalari bilan ta’minlangan old panelini ham ko‘rish mumkin.
Nashrning qayd etishicha, yangi smartfon bosish kuchini his qiladigan Force Touch texnologiyasi bilan ta’minlanishi hozircha aniq emas. Avvalroq bu texnologiya Apple Watch aqlli soati va so‘nggi MacBook noutbukida tatbiq etilgan edi.
Taqdim etilgan suratlarga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, iPhone 6S Plus’ning old tomoni iPhone 6 yoki iPhone 6 Plus’dan sezilarli farq qilmaydi. Smartfon ekrani himoyasi uchun sapfir oynasidan foydalanish masalasi ham ochiq turibdi. Taxminlarga ko‘ra, bu oyna bilan faqat 128 gigabaytli iPhone 6S Plus ta’minlanadi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 7732 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное