Gidrometeorologiya xizmat markazining xabar berishicha, 21 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.
Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkentda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +37... +39, kechasi esa +21... +23 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +35... +40, kechasi esa +20... +25 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lishi aytilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +37... +42, kechasi +23... +28 darajada bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +37... +42, kechasi +24... +29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +37... +42 daraja, kechasi esa +23... +28 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.