O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 3 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,07 so‘mga arzonlashdi va 11 004,94 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 108,96 so‘mga ko‘tarilib, 10 783,74 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, Rossiya rublining kursi ham 1,18 so‘mga oshib, 192,98 so‘mni tashkil etdi.