O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 1 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,77 so‘mga oshdi va 11 408,01 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 36,29 so‘mga tushdi, 12 536,26 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 1,78 so‘mga balandladi, 141,52 so‘mni tashkil etdi.