Rossiyalik mashhur prodyusser Maksim Fadeyev Yuliya Savicheva farzandlik bo‘lgani haqida xabar qildi. 30 yoshli xonanda va uning turmush o‘rtog‘i Aleksandr Arshinov ilk farzandlari dunyoga kelganidan juda baxtli.
“Yuliya Savicheva qizlik bo‘ldi. Uning farzandlik bo‘lgani haqida jurnalistlar ko‘p yozishdi. Ularga kattakon rahmat. Ammo endi u haqiqatan ham ona bo‘ldi”, deydi Maksim Fadeyev.
Xonandaning ilk farzandiga qanday ism qo‘yishi hozircha noma’lum.