Xonanda va aktrisa sifatida tanilgan Indi hozir qayerda?
Filmlardagi turli obrazlari hamda qo‘shiqlari bilan tanilgan Indi (Indira Bilolova) ayni paytda Italiyada yashamoqda. U italiyalik erkakka turmushga chiqqan. Xonandaning sevgilisi unga uylanish uchun islom dinini qabul qilgan. Juftlikning to‘yi Qozon shahrida, 2017-yilda bo‘lib o‘tgan. Indi hozirda Matteo ismli o‘g‘il farzandini tarbiyalab kelmoqda. Xonandaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i italyan bo‘lsa-da, o‘zbekona mentalitetga ega. Uning Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekistondagi tarixiy shaharlar, xususan Samarqand va Toshkentda tushgan suratlarini ko‘rish mumkin. O‘tgan vaqt ichida Indi Rim universitetida rejissura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Indi ko‘p sonli muxlislarining savollariga javob berar ekan Toshkentga, albatta, qaytishini ma’lum qilgan. Ma’lumot uchun, Indi “Romeo va Julyetta”, “Telba” va “Feride” kabi filmlarda suratga tushgan. Uning “Sevgi”, “Sevadi”, “Dunyo”, “Aytolmayman” hamda Abduvali Rajabov bilan kuylagan “Muhabbat qissasi” dueti xit bo‘lgan.