Bugungi kunda kino sohasida faoliyat yuritayotgan aktrisalar talaygina. O‘z mahorati va yaratgan obrazlari bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egallagan, nomi allaqachon brendga aylanib ulgurganlari ham bisyor. Ayni damda o‘z ustida ishlab, izlanib, iqtidorini namoyon etayotgan yosh aktrisalarmiz ham ulardan qolishmaslikka harakat qilishmoqda. Kino olamida muvafaqqiyat cho‘qqilarini zabt etgan va zabt etayotgan ijodkorlar, aktrisalikni tanlamaganida qaysi kasbni egallagan bo‘lar edi. Bugun shu haqida to‘xtalamiz. -Agar aktrisa bo‘lmaganimda...
Dilnoza Kubayeva: - O‘qituvchilik kasbini egallagan bo‘lardim. Ya’ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars berardim.
Shodiya To‘xtayeva: - yurist bo‘lardim.
Jamila G‘ofurova: - styuardessa kasbini egallagan bo‘lardim.
Zarina Nizamutdinova: - FHDYo xodimi
Sevara Soliyev: - tarjimon bo‘lardim. Chunki ingliz tili bo‘yicha ta’lim olganman. Mana azizlar, sevimli aktrisalaringiz ko‘rib turganingizdek turli kasb egasi bo‘lishlari mumkin edi. Biroq ularning kino sohasiga bo‘lgan qiziqishi barcha kasblardan ustun kelgan va bugun ular aktrisalik sohasida o‘z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar. Biz barcha ijodkorlarga omad tilab qolamiz va kuzatishda davom etamiz.