Gollivud aktrisasi, “Oskar” mukofoti sovrindori Sandra Bullok o‘g‘li Luiga singil bo‘ladigan 3,5 yoshli qizchani asrab oldi, deb xabar berdi People jurnali.
Aktrisa farzand asrab olish jarayonini uch yil oldin boshlagan. Bola avval Luizianadagi bir oilaga berilgan edi.
“Men Laylaga qaraganimda, u men bilan bo‘lishi kerakligiga shubham bo‘lmagan”, deb aytadi Bullok.
Bullok uning farzandlari unda maqbul vaqtda dunyoga kelganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
“Mening oilam turfa. Gohida u g‘aroyib, lekin unda muhabbat va bir-birini tushunish hukm suradi”, deb aytmoqda aktrisa.
Bullokning aytishicha, u yana bir farzand asrab olish qarorini uzoq vaqt ma’lum qilmagan va bu haqdagi istalgan axborotni inkor etgan.
Bullok o‘z vaqtida 2010 yilda “Ko‘rinmas tomon” filmi uchun «Oskar» mukofotini olgandan ikki oy o‘tib o‘g‘li Luini asrab olishini e’lon qilgandi.