Xitoy shimolida 300 dan ortiq o‘quvchilar ovqatdan zaharlanishdi, ulardan 74 nafari kasalxonaga yotkizildi.
Hodisa Xebey provinsiyasida sodir bo‘ldi. Zaharlangan bolalar - 27 ta sinf bolalari. Maktabda umumiy hisobda 35 ta o‘quv sinfi mavjud.
Ma’lum qilishlaricha, zaharlangan o‘quvchilarning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Hukumat voqea sabablarini aniqlashga kirishgan.