Viktor Kumikov "Olmaliq" Bosh Murabbiyi Etib Tayinlandi
Toshkent viloyatining "Olmaliq" futbol klubida murabbiylar shtabi almashdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda, deya ma’lum qildi O‘FF matbuot xizmati.
Klub rasmiy saytida berilgan xabarda shunday deyiladi:
Kelayotgan mavsumda jamoa katta o‘zgarishlar bilan ishtirok etishi mashg‘ulotdan oldin tashkil etilgan kichik yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi. "Olmaliq" futbol klubiga vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ibragim Yuldashev jamoa a’zolariga yangi murabbiylar shtabini tanishtirdi. Shu paytgacha faoliyat yuritgan jamoa murabbiylar shtabi bilan shartnomalar uzaytirilmaydigan bo‘ldi.
Ibragim Haydarovich bosh homiy rahbariyati tomonidan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov bosh murabbiy etib tayinlanganligini e’lon qildi. Shundan so‘ng, bosh murabbiyga ko‘maklashuvchi shtab tanishtirildi. Shuningdek, jamoa boshlig‘i lavozimi bundan keyin sport direktoriga o‘zgartirildi. Bu lavozimda Muxtor Qurbonov faoliyat olib boradi.
Jamoaning umumiy murabbiylar shtabi quyidagi ko‘rinishda:
Bosh murabbiy - Viktor Balyutovich Kumikov;
Sport direktori - Muxtor Murodovich Qurbonov;
Katta murabbiy - Oleg Valerevich Kornienko;
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy - Roman Muxadinovich Uzdenov;
Darvozabonlar murabbiyi - Anton Sergevich Mayeranov;
Murabbiy - Marat Shavkatovich Axmerov;
Shifokor - Nazarov Maxsud Mahmudovich;
Massajchilar - Viktor Saliev, Nurbek Jo‘raev;
Ma’murlar: Ruslan Shoymardonov, Sherzod Yunusov;
Matbuot-kotibi - Baxtiyor Shirinov.